00 kun 00 soat 00 daqiqa 00 sekund

Sizning oxirgi imkoniyatingiz! 'Lituz' promokodi bilan 30% chegirmadan foydalaning!

Tabiat haqida topishmoqlar

telegramni logosi

Bu sham yo chiroq?
Shamga o‘xshaydi biroq.
Chiroq deyish mumkinmi?
Bunday tok manbaini.
Jahli chiqsa gar uning,
Ayamaydi hech kimni.
Vahimasiga daraxtlar,
Bardosh berolmas.
Ukajon, senga topishmoq,
Тора olmaydigan jumboq,
Qani, ayt-chi ukajon.
Bu-mi opajon, …
(chaqmoq)

Tomlami chertadi,
Odamlami qochiradi.
Biroz sho‘xlik qiladi,
Yerga singib suv bo‘ladi.
(do’l)

Qish chog‘i misli qushcha,
Uchib yurar falakda,
Qiziq, yo‘qolib qolar,
Yerga qo‘ngan onda.
(qorparcha)

Dunyoni qoplaydi,
Dengizni qoplay olmaydi.
(Qor)


O‘rtaga bir kumush uzuk qo‘ydim,
Oy keldi ololmadi; Quyosh keldi oldi.
(muz)

Qo‘lsiz-oyoqsiz kezar,
Hammani u chimchilar.
Ovozi bordek uning,
Tinimsiz u vizillar.
(sovuq)

Mittigina zar parcha.
Yog’ ar oppoq…
(qorparcha)

Sirg‘anadi chanalar,
Quvnab uchar bolalar.
Oyna kabi silliq yuz,
Quyoshda eriydi,…
(muz)

Chiziladi ko‘kda qalamsiz,
Har xil bo’yoq, rassomsiz.
(kamalak)

Ko‘rinishi go‘yo olmos,
O‘t-olovga chiday olmas.
(muz)

Sochlaringni silaydi,
Ko’rolmaysan qo‘lini.
Qulog‘ingga shivirlar,
Tushunmaysan tilini.
(shamol)

U yog‘ganda dala-qir,
Kuladi qiqir-qiqir.
(yomg’ir)

Xafa bo‘lar, to‘kar yosh,
Agar chiqmasa quyosh.
(yomg’ir)

Qo‘lsiz, oyoqsiz rasm chizar.
(sovuq)

Yorug‘i bor, dovrug‘i bor,
O‘zi yo‘q, ovozi bor.
(momaqaldiroq)

Ayoz bobo novvot sotdi,
Olgan edim,

Qo‘lim qotdi.
(muz)

Yerga tushsa loy qilar,
Dehqonlami boy qilar.
(yomg‘ir)

Qo‘lsiz-oyoqsiz eshik ochar.
(shamol)

Shatir-shutir etadi,
Yemi cho‘qib ketadi.
(yomg ‘ir)

Gilam ustida oq bodroq.
(do‘l)

Oppoqqina dasturxon,
Yer yuzini qoplagan.
(Qor)
Ariqdan oyna oldim.
(muz)

O‘tda yonmaydi,
Suvga botmaydi.
(muz)

Bosh sahifa
E-kitoblar
0
Cart
Mening sahifam