Tasnif
Yozuvchi Otabek Quvvatnning «Olimjonning sarguzashtlari yoxud zamon va makon oralig‘ida» asari sarguzasht-fantastik qissa bo‘lib, uni o‘ziga xos badiiy qimmatga ega deyish mumkin. Unda bir guruh o‘smirlarning boshidan kechirgan sarguzashtlari orqali bolalarni yaxshilikka, ezgulikka undash g‘oyalari qalamga olingan. Kitob qahramoni Olimjon — aʼlochi o‘quvchi. Kitob o‘qishni, kompyuterda dasturlar bilan ishlashni juda yoqtiradi. U yangi dastur yaratish orqali dunyoni yovuzlikdan, yomonliklardan xalos qilmoqchi bo‘ladi. Shu maqsadda sirli kalitni izlab topish uchun olamlararo sayohatga yo‘l oladi. Bunda unga Doniyor hamda Turg‘un ismli yaqin do‘stlari yordam beradilar. Asarda Olimjonning sarguzashtlari, qahramonliklari, jasorati qiziqarli voqealarda tasvirlanadi.yotining yirik vakillari ijodidan namunalar keltirilgan. Undagi ertak va hikoyalar o‘spirinlarni mulohaza yuritishga, harakatchanlikka, shukronalikka, hushyorlikka, bilim olishga, vijdonli, mehr-oqibatli va vatanparvar bo‘lishga undaydi. Badiiy hikoya va ertaklar yakunida «Tafakkur soati» nomli rukn va to‘plam so‘ngida taqdim etilgan asarlar yuzasidan so‘z o‘yinlari ilova etilgan. Ushbu to‘plam yosh kitobxonlar javonidagi sevimli va ardoqli kitoblar safidan o‘rin egallaydi degan umiddamiz.
Fikr-mulohazalar
Baho berilmagan.