Tasnif
URUSH VA TINCHLIK LEV TOLSTOY – Roman-epopeya janrining eng shoh asarlaridan bo‘lmish mazkur mashhur «Urush va tinchlik» romani ko‘lami jihatidan dunyo adabiyoti ixlosmandlari tomonidan yuksak e’tiroflarga sazovor bo‘lgan. Bugun ushbu asarni juda sog‘ingan va uning yangi nashrini intiqlik bilan kutayotganlar ko‘p. Bunda, albatta, Tolstoy dahosi haqida gapirish o‘rinli bo‘ladi. Rossiyaning Napoleon tomonidan bosib olinishi mumkin bo‘lgan bir vaqtda boshqalardan o‘zlarini ustun deb bilgan turli tabaqalarni dushmanga qarshi kurash vositasida birlashtirgan, ayni paytda esa rus xalqining maishiy hayoti va ularning dunyoqarashini to‘la-to‘kis ifodalagan «Urush va tinchlik» asarining dunyoga kelishi o‘z davri uchun katta voqea edi. Unda, tabiiyki, muhabbat ham bor, iztirob ham bor. Muhimi, xalq ongidagi uyg‘onishga bo‘lgan da’vat bugungi kunga, bugungi zamon kishisiga ham birday taalluqlidir.
Fikr-mulohazalar
Baho berilmagan.