00 kun 00 soat 00 daqiqa 00 sekund

Sizning oxirgi imkoniyatingiz! 'Lituz' promokodi bilan 30% chegirmadan foydalaning!

«BAROQVOY, MIYOVJON VA XO‘ROZVOY» ertak

telegramni logosi

Qadim-qadim zamonlarda odam bolasi hamma hayvonlar bilan inoq, ahil, bir-birining
tilini tushunib yashar ekan.Bir qishloqda Baroqvoy it, Miyovjon mushuk
hamda kekkaygan Xo‘rozvoy yashashar ekan. Ular qishloqda yashar ekanlar-u, bir-birlarinikiga bordi-keldi qilishmaganidan Baroqvoy Miyovjonni, Miyovjon Xo‘rozvoyni tanimas ekan. Miyovjonning to‘q yashayotganini eshitgan Baroqvoy bir kuni so‘rab-surishtirib unikiga mehmonga kelibdi. Miyovjon Baroqvoyni yaxshi kutib olib, rosa ziyofat qilibdi. Mehmondorchilik tugagach, Baroqvoy Miyovjonga qarab:

-Oshna, men tuz-noningni yeb, sen bilando‘st-birodar boldim. Aslida, sening oldingga
maslahat so’rab kelgandim, – debdi.

-Mayli, – debdi Miyovjon, – sen o‘rgangani kelasan-u, men yo‘q deymanmi? So‘ra, o’rgatay, nimani bilmoqchisan?

-Seni yemish topishning zo‘r yolini biladi,
shuning uchun hech och qolmaydi, deyishadi,
shu rostmi? – debdi Baroqvoy.

-Rost boisa rost-da! Men oziqning hidiga qarab topaman. Mana, masalan, go’shtning hidini yetti tosh naridan turib ham bilaman, – deb javob beribdi Miyovjon.
Shunda Baroqvoy:

-Oshna, sendagi xuddi ana shu odatni o’rgangani kelganman. Rozi bo‘lib, meni shogirdlikka
olsang, – debdi. Miyovjon rozi bo’lib Baroqvoyni o‘ziga shogirdlikka olibdi. Ular biri ustoz, biri shogird bolib yashay boshlashibdi. Bir kuni Xo’rozvoy kekkayganicha «qu-qu-qu» deb kelib qolibdi. Miyovjon
bilan Baroqvoy unga salom berishibdi. Xo’rozvoy salomga alik olmasdan, nazar-pisand qilmay,
kekkayganicha:

-Qaysi birlaring Miyovjon? – deb so‘rabdi:

-Xo’sh, Miyov menman, xizmat, – debdi Miyovjon Xo‘rozvoyga.

-Sen Miyovjon bolsang, qani menga ayt-chi, sen ovqatingni hidlab topasanmi yo titkilab, –
debdi Xo’rozvoy.

-Men yemishimni hidlab, hidiga qarab topaman, – deb javob beribdi Miyovjon. Shunda Baroqvoy:

-To‘g‘ri, to‘g‘ri. Miyovjonning aytgan so‘zi to‘g‘ri, u yemishini hidiga qarab topadi. Shuning uchun
men unga shogird tushdim, – debdi.

Xo‘rozvoy:

-Sen shalpang quloq jim tur. Sendan gap so‘rayotganim yo‘q, – debdi-da, Miyovjonga qarab: – Unday bolsa, meni ham shogirdlikka olasanmi? – debdi.

-Seni shogirdlikka olsam – olaman-u, ammo bitta shartim bor, – debdi Miyovjon.

-Qanday shart ekan, bilsam boladimi? – debdi Xo‘rozvoy.

-Shartim shuki, g‘o‘dayib, kekkayishingni kamaytirasan. Baroqvoy bilan menga o’xshab soddaroq, oddiyroq bolasan. Agar tojing yol qo’ymasa, qo’shnim usta Hojiga oldirib tashlaysan. Shu gaplarimni qilsang, o’zimga shogird qilib olganim
bolsin.
Xo’rozvoy Miyovjonning hamma gapiga «Nima desa desin, aw al yemishni hidiga qarab topishni o’rganib olay, keyin o‘zim bilaman», debdi-da, Miyovjonning hamma shartini qabul qilib, unga
shogird tushibdi.
Uchovlon: Miyovjon, Baroqvoy va Xo’rozvoy birga-birga birovi ustoz, ikkovi shogird bolib,
ahil, inoq yashayverishibdi. Miyovjon Baroqvoy bilan Xo‘rozvoyga hid yordamida yemish topishni o’rgata boshladi.

-Shamolning esishiga qarab, hidni bilish mumkin, – debdi Miyovjon ularga, – lekin buning uchun qorin och bolmog‘i, quloq ding turmog‘i kerak. Qo’y go’shtining hidi boshqa-yu,
mol go‘shtining hidi boshqa.
Miyovjon, unday qilsang hidni yaxshi bilasan, shunday qilsang hidni yaxshi bilasan, deb rosa

o’rgatibdi. Xo’roz Miyovjonning gaplariga quloq solgan bo lib turibdi-da, yerni titkilay boshlabdi.
Bundan Miyovjonning jahli chiqib ketibdi-da: -Sendan shogird chiqmaydi, yemi titkilaganing titkilagan ekan, – deb unga javob berib yuboribdi.
Baroqvoy ham yemakni hidiga qarab topish yolini butunlay o’rganib oldim, deb ruxsat berishini, o‘z uyiga borib yashashini aytibdi.
Miyovjon:

-Men hali hammasini o‘rgatmadim, sen esa hammasini bilib olmading, – deb Baroqvoyga
javob bermabdi. Oradan yana bir-ikki kun o’tgach Baroqvoy:

-Men hammasini o‘rganib oldim. Xohlagan paytimda hidiga qarab yemishimni topib olaman, – deb yana ruxsat so’rabdi.
Miyovjon yana:

-Biroz sabr qil, sen hali hammasini batamom o‘rganib olganing yo‘q, – deb unga javob bermabdi.
Baroqvoy qayta-qayta so‘rayvergach, ruxsat beradigan bolibdi:

-Xo‘p, javob berayin, lekin bugun emas, -debdi Miyovjon, – ertaga kelgin. Ertalab turib Miyovjon xotiniga:

-Ertalab Baroqvoy kelib meni so‘rasa azonda chiqib ketdilar, lekin qayerga ketganlarini aytmadilar, bilmayman, degin, – deb tayinlab uydan chiqib ketibdi. Ertalabki choy-non paytida Baroqvoy eshikni taqillatib kelib, Miyovjonni uchratmay, xotinidan:

-Miyovjon qayoqqa ketdilar, – deb so’rabdi.

Xotini:

-Qayoqqadir chiqib ketdilar. Lekin qayoqqa ketganlarini aytmadilar, – debdi.
Baroqvoy:

-Meni sinab ko’rish uchun chiqib ketgan, -debdi. Darhaqiqat, Miyovjon Baroqvoyni sinab
ko‘rish uchun «Qani ko‘ray-chi, Baroqvoy hidlab yemak topishni butunlay o’rgandimikin,
yo’qmikin», deb ataylab chiqib ketgan ekan. Shunday qilib Baroqvoy «Meni sinash uchun
shunday qilgan», deb hid olib Miyovjonning izidan boraveribdi. U bir qancha vaqt yurib, nihoyat, Miyovjon yashirinib olgan joygacha yetib boribdi. Miyovjon aw al bir yerga yashiringan
ekan, undan nariroqqa borib bir toshdan ikkinchisiga, undan nariroqqa borib yana bir toshdan
ikkinchisiga sakragan ekan. Keyin g’orning o‘ng tomonidan kirib, chap tomonidan chiqib ketgan
ekan. Shunday qilib yolini adashtirib-adashtirib, oxiri bir daraxtning tepasiga chiqib olib, jimgina pisib yotgan ekan. Baroqvoy Miyovjonning yashiringan, u yoqdan bu yoqdan yurgan yolidan hidlab-hidlab yuraveribdi. G‘orning o‘ng kavagidan kirib, chap kavagidan chiqibdi. Miyovjon daraxtning tepasida «Ha, Baroqvoy chakki emas, hiddan topishni o‘rganadigan bo lib qolibdi», deb
xursand bolibdi. Ammo xursandchiligi uzoqqa bormabdi. Baroqvoy daraxtning tagiga borib
Miyovjonning izini yo’qotib qolibdi. U daraxtga qaramay, Miyovjonni ko‘rmay aylanaveribdi, aylanaveribdi, aylanaveribdi. Oxiri daraxtni girgir aylana-aylana iziga qayta boshlabdi. Baroqvoyning bu ishini daraxt tepasida o‘tirgan Miyovjon ко’rib afsuslanibdi. Keyin:

-Hoy, Baroqvoy, tepangga – daraxtga qara. Men bu yerdaman-ku?! – debdi.
Baroqvoy daraxtga qarasa, Miyovjon kulib turgan emish. Miyovjon daraxtdan tushib Baroqvoyga tanbeh berib:

-Seni oxirigacha hidga qarab yemak topishni o‘rgangin desam, oxirigacha qunt qilmading. Xo‘rozvoyni-ku o‘rganolmaydi, deb jo‘natib yuborgan edim. Sen ham qunt bilan oxirigacha
o’rganib, nihoyasiga yetkazmading. Kishi bir narsaga kirishdimi, unga qo‘l urdimi, oxiriga yetkazishi lozim. Bolmasa hech narsa chiqmaydi,
biron bir yutuqqa erisholmaydi, – debdi.
Shu-shu saboqni nihoyasiga yetkazmagani
uchun Baroqvoylarning barchasi faqat yerni hidlab, o’ljasini, yemishini topib yeb yurar ekan.

Bosh sahifa
E-kitoblar
0
Cart
Mening sahifam