Polizda koptok bo`lib,
Dumalab yotar, to`pmas.
Dehqon bobom avaylab,
Oziq, suv berar termas.
(Tarvuz)
Sharqdan bosh ko`tarar u,
Har tong sog`inar bizni.
Ko`rmasak turolmaymiz
Olov yuzli qirmizli.
(Quyosh)
Singlimga o`xshar o`zi,
Aslo yumilmas ko`zi.
(Qo`g`irchoq)
Ertak she`r-u matnlar
Yashar bir mamlakatda.
Dunyoni o`rganishda
Uning xizmati katta.
(Kitob)
Suv ostida makoni,
Chuvalchang uning joni.
Qo`lda turmaydi, silliq,
Tanga to`nli u …
(Baliq)
Onam, singlim, opamning
Qo`llarida o`ynaydi,
Hovli uyni har kuni
Tozalaydi, to`ymaydi.
(Supurgi)
Qozonda emas, qaynaydi,
Qishin yozin tinmaydi.
(Buloq)
Dum-dumaloq oq uydan
Jajji qush uchib chiqar
“Chiy-chiy”lar murg`ak dili,
Olamni quchib chiqar.
(Jo`ja)
Qatorma –qator
Zanjirday o`tar.
(Chumoli)
Dov -daraxtda zar chakmon,
Tugmalari oq guldan
Qirlarda ko`k dasturxon,
Bahra olishar nurdan.
Mohir chevar kim ekan.
(Bahor)
Gul ustida jajji ashulachi.
(Bulbul)
Ko`p qirrali to`rtburchak,
Kerak bo`lar uy qursak.
(G`isht)
Tunlari osmonga boq,
Mingda ko`z bari uyg`oq.
(Yulduzlar)
Topishmoqlar. Topishmoqlar javobi bilan
Oqib kelar shildirab,
Oynadayin yaltirab.
(Suv)
Kelar baland tog`lardan,
Juda ham yiroqlardan.
Giyoh bitmas bepayon,
Sahrolarga berar jon.
(Suv)
Zar gilam, zar-zar gilam,
Ko`taray desam, og`ir gilam.
(Yer)
Quyon emas, uzun quloq.
Ot emas ,to`rtta tuyoq.
(Eshak)
To`kinlikda noz-ne`mat,
Qaysi fasl, ayt, Hikmat?
(Yoz)
Tepdim,tepdim,
Terakka chiqdim.
(Narvon)
zimizda qator soqchi,
Ko`zimizga qarab boq-chi?!
(Kiprik)
Qizigan bir kemam bor,
To`xtovsiz borib kelar.
Borib – kelgani sari
To`lqinlarni tekislar.
(Dazmol)
Kelib ketar bir yilda,
To`rt og`ayni har xilda
(Fasllar)
Ko`kda ko`rdim ko`prik,
Rangi – yeti turlik.
(Kamalak)
Cho`zilib yotar Narvon,
Undan o`tar uy- karvon.
(Poyezd yo`li)
Yuk ko`tarar burnida
Uy qurish bor bo`ynida.
(Quruvchi kran)
Uzoqdan boqdim: bir qora tosh,
Yoniga borsam, to`rt oyoq, bir bosh.
(Toshbaqa)
Hech ham tinim bilmaydi,
Lek joyidan jilmaydi.
(Soat)
Yorug`i bor, dovrug`i bor,
Izi yo`q, ovozi bor.
(Momaqaldiroq)
Safda o`n ikki askar,
Bo`yu basti barobar.
Yo`nsang yog`och po`stini,
Rasmlarga rang berar.
(Qalamlar)
Borar bir, kelar bir,
Baribir qo`shig`i: “g`ir – g`ir…”
(Arra)
O`rtog`im – ruchka, qalam,
Bir chiziq, katak – dalam.
(Daftar)
Boylasam yuradi,
Yechsam to`xtaydi.
(Poyafzal)
Oqdir dalasi, qoradir urug`i,
Qo`l bilan ekiladi, ko`z bilan o`riladi.
(Daftar va yozuv)
Qo`shig`i asli “qu – qu”,
Tongni qarshi olar u.
Ko`zdan qochsin deb uyqu,
Jar soluvchi so`zi shu.
(Xo`roz)
Qat – qat to`nli bu polvon,
Artib yig`ladi Javlon.
(Piyoz)
Daraxtlarning barglari,
Rang olar oltin misol.
Qay faslda, ayt, Muslim,
Yuz beradi shunday hol?!
(Kuz)
Xavf bo`lsa, koptok bo`lib,
Igna ko`rpa yopadi.
Zumda ko`z ochib turib,
Ilgarilab chopadi.
(Tipratikan)
Pishirsang, osh bo`lur,
Pishirmasang, qush bo`lur.
(Tuxum)
Ko`zlarimga qilib zo`rlik,
Tongda ketdi charchab, sho`rlik.
(Uyqu)
Dumi bor-u, ot emas,
Qanoti bor, qush emas.
(Baliq)
To`rt faslda bir xil libos –
Kiyib yashnar, mevasiz.
Aytsam, bog`ning ko`rki deysiz,
Siz ham uni sevasiz.
(Archa)
Bozordan oldim bir dona,
Ochib ko`rsam, ming dona.
(Anor)
Qishin – yozin bir xil libosda.
(Archa)
Yumshoq, lekin paxta emas,
G`irchillaydi, taxta emas.
Daraxtlarni kiyintirar,
Oppoqqina, yaxtak emas.
(Qor)
Hovuzga qopqoq bo`lar,
Ayni qish chog`i.
Bahor nafasi yelgach,
So`nar chirog`i.
(Muz)
Choyga solsam erib ketar,
Lazzatini berib ketar.
(Shakar)
Yozib umrin tugatar,
Serharakat shu qadar.
(Ruchka)