Description
Antuan de Sent-Ekzyuperining asarlari allaqachon XX asr fransuz adabiyoti klassikasiga aylangan. Adibning adabiyotda oʻxshashi kam uchraydigan, romantik ruh, poeziya, nozik lirizm, falsafiy mushohadalar va insonlarga muhabbat ruhi bilan yoʻgʻrilgan asarlari jahonning juda koʻplab tillariga tarjima qilinib, oʻz oʻquvchilarini topgan.
Sent-Ekzyuperi ijodidagi muhim asarlardan biri boʻlgan va yozuvchi nomini butun dunyoga mashhur qilgan “Kichkina shahzoda” falsafiy ertagi 1942-yilda, yozuvchi Nyu-Yorkda yashagan paytida yozildi. Ushbu asar janr va kompozitsiyasi bilan avvalgilardan farq qiladi. U dunyoning yuzdan ortiq tillariga tarjima qilingan va eng koʻp nashr etilgan asarlardandir. Adabiyotshunos R. Grachyovning taʼkidlashicha, “Kichkina shahzoda” inson oʻzini poetik jihatdan his qilishining ishonchli tajassumi boʻlib qoldi.
Reviews
There are no reviews yet.