Description
«Jahon Adabiyoti» kitobi – Ulug’bek Hamdayev – Kitob ikki bo‘limdan iborat. Birinchi – asosiy bo‘limda “Modernizm”, «Modernizm va o‘zbek adabiyoti», “Postmodernizm” hamda «Hozirgi zamon jahon adabiyoti muammolari» kabi tadqiqotlar, ikkinchi – ilova qismida mavzuga aloqador suhbatlar, maqolalar o‘rin olgan. Yangilanayotgan badiiy tafakkurning mahsuli sifatida jahon va o‘zbek adabiyotida o‘zini yetarlicha namoyon etib kelayotgan yangi adabiy oqimlar – modernizm, postmodernizm hamda ularning o‘ziga xos muammolarini yoritishga bag‘ishlangan, yurtimizda ilk marotaba nashr yuzini ko‘rayotgan mazkur o‘quv qo‘llanma ijtimoiy-gumanitar sohalarda, jumladan, tarjima nazariyasi va amaliyoti, o‘zbek filologiyasi, o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish kabi qator taʼlim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar, o‘qituvchi-mutaxassislar uchun zarur manba bo‘lib xizmat qiladi.
Reviews
There are no reviews yet.