Tasnif
«Usta va Margarita» shunday asarlar turiga kiradiki, uni har xil kitobxonlar har xil o’qiydilar, har xil sevadilar va undan o’zlari uchun har xil ruhiy oziqa topadilar.«Usta va Margarita» — marhum adibning so’nggi asari. Bulgakov bu romani ustida 1928 yildan ish boshladi va uning turli variantlarini yaratar ekan, baʼzan ishini to’xtatar, ba’zan esa yana yozganlariga qaytardi. U umri poyonidagi o’n ikki yil mobaynida ham o’zi dunyoga keltirgan sermazmun asarini qoʻldan qo’ymadi. Bulgakov saxiy iste’dodida, ehtimol yozuvchining butun adabiy faoliyati davomidadir, uch turdagi iqtidor — satirik iqtidori, fantast iqtidori va o’ta aniq psixologik tahlilga suyangan realist iqtidori qo’shnichilik qilib, bir-biridan ustunlikka erishish uchun bahslashib kelgan, desak xato bo’lmaydi.
Fikr-mulohazalar
Baho berilmagan.