Tasnif
Gyote bilan gurunglar – Gyote bilan bo‘lgan gurunglar va muloqotlarning ushbu majmuasi o‘zim boshdan kechirgan, men uchun muhim va qimmatli voqealarni qog‘ozga muhrlashga bo‘lgan tabiiy intilish samarasi o‘laroq dunyoga keldi.
Sirasini aytganda, men buyuk inson bilan dastlab tanishganimda, keyinroq u bilan yillar davomida yonma-yon yashaganimda, uning pand-nasihatlariga hamisha muhtoj edim, shu sababli uning so‘zlarini kelajak avlod uchun saqlash maqsadida jon deb yozib bordim.
Ammo uning to‘qqiz yil davomida men huzur qilib tinglagan fikr-mulohazalarining chuqur va boy ma’nosini chaqar, o‘zimni baayni go‘dak bahor yomg‘irining huzurbaxsh tomchilarini kaftida tutib qolmoqchi bo‘lganida ular uning barmoqlari orasidan tushib ketgandek his etaman.
Har qalay, kitoblarning ham o‘z qismati bo‘ladi, deganlaridek, bu so‘zlar ularning yaratilishi hamda keyinroq dunyo bo‘ylab tarqalishiga ham, shuningdek, ushbu asarning yuzaga kelishiga ham taalluqlidir. (muallif)
Fikr-mulohazalar
Baho berilmagan.