00 день 00 час 00 минут 00 секунд

Ваш последний шанс! Получите скидку 30% по промокоду «Литуз»!

Search
Close this search box.

Dunyodagi eng qimmat IT-kompaniyalar ma’lum bo‘ldi

telegramni logosi

IT Park dunyodagi eng qimmat IT-kompaniyalar beshligi taqdim qildi. 

Foto: Bloomberg
Foto: Bloomberg

Reyting raqamli gigantlarning bozor kapitallashuviga asoslangan.

  1.  Apple — 2,780 trln dollar;
  2.  Microsoft — 2,311 trln dollar;
  3.  Alphabet — 1,72 trln dollar;
  4.  Amazon — 1,460 trln dollar;
  5.  Meta Platforms (Facebook) — 839 mlrd dollar.

1-o‘rin — Apple

Ma’lumotlarga ko‘ra, Apple 2,780 trln dollar bilan mutlaq yetakchi bo‘ldi. Uning yillik daromadi 379 mlrd dollar bo‘lib, dunyodagi eng daromadli kompaniya hisoblanadi. 

Apple dunyo bo‘ylab ko‘p millionli sodiq muxlislarga ega. Kompaniyaning yangi mahsulotlarini sotib olish uchun ulkan navbatlar yuzaga keladi. 

Bu esa Apple kompaniyasini dunyodagi eng obro‘li va izlanuvcha brendlardan biriga aylantirmoqda. 

2-o‘rin — MicrosoftTexnologiyalar sohasidagi eng qimmat kompaniyalar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni Microsoft egalladi. Uning bozor kapitallashuvi 2,3 trln dollarni tashkil qilgan. 

3-o‘rin — Alphabet

Alphabet kompaniyasi uchinchi o‘ringa mustahkam joylashdi. 2015-yilda dunyoga mashhur Google o‘z nomini Alphabet’ga o‘zgartirgan edi. Kompaniya hozirda 30 dan ortiq xizmat va sho‘ba korxonalarini o‘z ichiga oladi. 

4-o‘rin — Amazon

To‘rtinchi o‘rinni Amazon egalladi. Amazon texnologiya sohasidagi eng ko‘p xodimlarga ega kompaniya deb topildi. 

Bundan tashqari, u dunyodagi eng qimmat aksiyalarga ega bo‘lgan kompaniyalardan biri bo‘lib turibdi. Bitta aksiyaning narxi — 2 790 dollar.

5-o‘rin — Meta platforms (Facebook)

Reytingning beshinchi o‘rnida Facebook qayd etildi. U dunyodagi eng qimmat brendlardan biri hisoblanadi. 

Ijtimoiy tarmoq 2004-yil 4-fevralda Mark Sukerberg tomonidan tashkil qilingan. Hozirgi kunda uning kuniga 2 milliarddan ortiq foydalanuvchisi bor. 

Домашняя страница
Э-Книги
0
Cart
Моя страница