00 день 00 час 00 минут 00 секунд

Ваш последний шанс! Получите скидку 30% по промокоду «Литуз»!

Search
Close this search box.

Marsdan kelgan odam – Turg’unboy G’oyibov ertak

telegramni logosi

Anorlarining sersharbatligi, shifobaxshligi bilan dunyoga tanilgan bir qishloq bor ekan. Qishloq anorzorlaridan birida qari bir chol bog’bonlik qilar, Zumradxon degan nabirasi unga yordam berar ekan. Bir kuni bog’da ishlayotgan ekanlar, osmondan ularning yoniga boshiga kosmonavtlar qalpog’ini kiygan bir kishi kelib tushibdi. Chol mehmonni ko’rib angrayib qolibdi. Ishini to’xtatib, qaddini rostlabdi. Nimadan gap boshlashni bilmay turgan ekan, Zumradxon qiziqib:

— Amaki, kimsiz? Bunaqa kiyimlarni kiyib, buyoqda nima qilib yuribsiz? Osmonga uchishni mashq qilib yurganlardanmisiz? – deb so’radi.

Qizchaning so’zini eshitib, mehmonning yuzlari quvonchdan yorishib ketibdi. Kutilmaganda:

— Ha… Men yaxshi tushunadigan tilda so’zlashar ekansizlar. Bu juda yaxshi bo’ldi. Bo’lmasa, sizlarga o’z maqsadimni qanday tushuntira olardim, dilimda ana shu zo’r tashvish edi, — debdi.

Chol bilan qizcha bu gapga battar hayron bo’lishibdi.

— Boshqa mamlakatdan keldingizmi deyman?! — debdi chol.

— Siz yana bizga ziyon yetkazishni o’ylab kelgan bo’lmang? — debdi qizcha.

Mehmonning kipriklari pir-pir uchibdi.

U jahl bilan qo’lqopini yechib, yerga popillatib bir uribdi. Maysa ustiga o’tirib olib, piqillab yig’lay boshlabdi.

Chol bilan qizcha hayron bolib, bir-birlariga savol nazari bilan boqishibdi. Keyin chol mehmonga yaqinroq borib undan hol-ahvol so’rabdi:

— Yig’lama, o’g’lim, balki senga nohaq alam o’tkazgandirmiz? Nohaq ayblanishdan og’ir azob dunyoda yo’q. Do’stlashish maqsadida kelgan bo’lsang, tortinmay so’zlayver, kimsan?

Mehmon kuyunib so’z boshlabdi.

— O, yaxshilar! — debdi u. — Men yer kishisi emasman. Men Mars yulduzining fuqarolaridanman. Boshimga og’ir kulfat tushib qoldi. Onam kasal yotibdi. Uni mohir tabiblarga ko’rsatdim. Hech kim uning dardiga davo topa olmadi. Oxiri bir qari professor Abu Ali ibn Sino ismli olimning «Al-Qonun» kitobidan shunday satrlarni o’qidi: «Bu toifa kasalning dardiga anor mevasi em bo’lur. Shu mevaning sharbatidan kasalga ichirilsa, kasal shifo topur…»

— Bizning sayyoramizda anor nima ekanligini hech kim bilmaydi. Bu mevani qanday topib bo’ladi? Olimlar yig’ilishib maslahat qilishdi. Eski tarixiy kitoblarni titkilab, anorning qayda o’sishini aniqladilar. Bir vaqtlar bobolarimizdan biri shu tomonlarga uchib kelgan, qaytishda o’sha «Al-Qonun» kitobini va boshqa bir necha kitoblarni olib ketgan ekan. Kitoblardan ma’lum bo’ldiki, anor Farg’onaning Quva degan yerida ko’p o’sar ekan. Ana shuni izlab, yerga tomon uchdim. Qancha bo’ron-sovuqlardan, yiroq yo’l, xavf-u xatarlardan o’tib, oxiri mana shu diyoringizga yetdim. Bu orada bechora onam o’lib qoldimi yoki tirikmi? Dilim qayg’u-alamdan ming pora bo’lyapti-ku, sizlar mendan shubhalanib, ta’bimni xira qilyapsizlar…

Bu so’zlarni eshitgan chol:

— Bilmay senga ozor bergan bo’lsak, kechir. Ey, Mars o’g’loni! So’zingga ishondik. Lekin sezyapmanki, ishing tiqilinch. Vaqting ziq. Mana… mana shu anorlardan uzib olgin-da, tezda onangga olib bor! — debdi.

Mars odami rahmat aytibdi. Shoshilib anorlardan uzmoqchi bo’lib qo’l uzatgan ekan, chol:

— To’xta, o’g’lim! Pishmaganlarini uzmoqchisan-ku, pishganlaridan o’zim uzib berayin, — deb mehmonga bir talay anor uzib beribdi.

Mehmon rahmat aytib, cholning mehnatda chiniqqan zabardast qo’lini o’pib xayrlashibdi va bo’yi yuqoriga cho’zila boshlabdi. Ikki biqinida kumush qanot pay-do bo’libdi. U ko’kka tomon uchib, bir zumda ko’zdan g’oyib bo’libdi. Qiz bilan chol xayrlashib, uni kuzatib qolibdilar.

Oradan bir necha oy o’tgach, Mars odami yana qaytib kelibdi. Bu gal u juda shod ekan. Aziz onajoni anor sharbatidan ichib sog’ayib ketganmish. Bola uchun onani shod, baxtiyor, sog’lom ko’rishdan katta baxt bormi dunyoda? Yigitning ismi avval «Xolmat» ekan. Endi u shifobaxsh meva sharafiga o’zining ismini «Anorboy» deb atabdi. Bobo bilan nabirasi Anorboyning uyiga mehmon bo’lib borishmoqchi emish. Lekin qachon borishadi, bundan xabarimiz yo’q.

Домашняя страница
Э-Книги
0
Cart
Моя страница