00 день 00 час 00 минут 00 секунд

Ваш последний шанс! Получите скидку 30% по промокоду «Литуз»!

Search
Close this search box.

Yosh kitobxon Oila kitoblar ro’yxati va qayerdan topish mumkin??

telegramni logosi

1.Mahbub ul-qulub – Alisher Navoiy

Har bir ishning amalga oshish o‘z vaqt-soati bo’lishini, odam zoti qanchalik istasin-istamasin buyurilgan kunida yuzaga chiqishining necha martalab guvohi bo‘lganmiz. Hazrat Alisher Navoiyning qo’lingizdagi ikki muhtasham asari – “Mahbub ul-qulub” va “Muhokamat ul-lug‘atayn” taijima qilinmadi, bir tildan boshqa tilga ag’darilmadi. Tabdil ham qilinmadi, ya’ni bir so‘z o‘miga boshqa so‘z qo‘yib chiqilmadi. Asarlar bayoni ham emas. Bizdan uzoqlashgan otamizga yuzimizni o‘girdik, begonalashgan tilimizga ko‘nglimizni o’girdik. Hazratning har bir so‘zi tugul har bir harfini, tovushini asrashga harakat qilindi. Hazrat bitiklari bilan begonaday emas, balki ota- bola, katta ota va nevara gaplashganday o‘qishni necha bir avlod orzu qilib o‘tdi. Ushbu asarlar hozirgi jonli tilimizga o’girildi. Bu so‘zsiz, yurt Mustaqilligining, til Mustaqilligining ko‘rkam ko‘rinishidir.

2.Temur tuzuklari – Amir Temur

1856 yilda yirik shoir va mashhur tarjimon Rojiy tomonidan fors tilidan o‘zbek (eski o‘zbek) tiliga «Temur tuzuklari» tarjimasi qimmatli manba bo‘lib hisoblanadi va uning aynan o‘zini tabdil etib va hozirgi o‘zbek tiliga tarjima qilib chop etilishi manbashunoslik va tarixshunoslik faniga hamda haqiqatni tiklashga ma’lum darajada hissa qo‘shadi.
Kitob tarixchilar, huquqshunoslar, filologlar, shuningdek, doktorantlar, ilmiy xodimlar va barcha tarixga qiziquvchilarga mo‘ljallangan.

3.Boburnoma – Z.M Bobur

“Boburnoma” – oʻzbek mumtoz adabiyotidagi bebaho asarlar qatoridan munosib oʻrin egallab turgan asar sifatida eʼtirof etiladi. Unda oʻrta Osiyo, Afgʻoniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, jugʻrofiyasiga oid qimmatli maʼlumotlar oʻrin egallagan. Asarning oʻsha davr oʻzbek adabiy tilining yorqin namunasi sifatidagi qadri, qimmati hamon oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan.

4.Oila – Abdurauf Fitrat

Ulug‘ adibimiz Abdurauf Fitratning badiiy va ilmiy asarlari bilan birga axloqiy masalalarga doir bir qator risolalari bor. Ularda komil inson shaxsini shakllantirish bilan bog‘liq muammolar va ularning yechimi aks etgan. Jamiyatning asosi bo‘lgan oila, uning inson hayotidagi o‘rni, oila boshlig‘i va a’zolarining vazifalari hamda oilaviy tarbiya muammolari o‘z aksini topgan mazkur risola keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan.

5.Baxtiyor oila – Shayx Muhammad Sodiq

Ushbu kitob Islom dinining oilaviy munosabatlarga oid ahkomlarining keng va batafsil sharhi bo‘lib, musulmon kishi oilaviy hayotga oid bilishi lozim bo‘lgan barcha masalalarni o‘z ichiga oladi. Kitobda insonga ikki dunyo saodati yo‘lini ko‘rsatib bergan Islom dinining baxtli, saodatli oila qurish, er-xotinning huquqlari, burch va majburiyatlari, ota-onaga, qaynota-qaynonaga munosabat, kelin va kuyov tanlash, aqiyqa, farzand tarbiyasi, silai rahm, taloq, idda va shu kabi ko‘plab dolzarb mavzulardagi taʼlimotlari orqali bugungi kunda qator muammolar muhokama qilinadi, oyatlar, hadislar hamda salaf solihlarning hayoti misolida musulmonning baxtli oilaviy hayot dasturi ko‘rsatib beriladi.

6.Qobusnoma – Kaykovus

«Qobusnoma» ( XI) asari tarjimasi tabdilining to‘ldirilgan mazkur nashri o‘zbek tilida e’lon qilingan va biz kitobxonlarimizning talab-istaklarini inobatga olib, uni qaytadan nashrga tayyorladik. Kitob sizu bizni o’z taqdirimiz ustida jiddiy o‘ylashga undaydi.

7.Qutadg‘u bilig – Yusuf Xos Hojib

«Qutadg’u bilig» turkiy tillar dostonchiligida yaratilgan birinchi doston hisoblanadi. Mazkur muhtasham asar insoniylik xislatlarini kamolotga yetkazishi bilan ham o’z qadr-qimmatini yo’qotmay kelmoqda.

8.Mehrobdan chayon – Abdulla Qodiriy

Anvar va Ra’no… Ular haqida adabiyot ixlosmandlari yaxshi bilishadi. Bolaligidan tirishqoq va zakiyligi, nozikta’bligi bilan atrofdagilar e’tiboriga tushgan Anvar yuqori martabaga ham erta erishadi. «Jasur qiz» ta’rifini olgan Ra’no haqida ham maktab darsliklarida ilk tasavvurlarga ega boʻlganmiz. Zamonasining zulmi yoxud zayli qurboniga aylanmay, oʻzining shijoati bilan muhabbati va kelajagi yoʻlidagi harakati, aytish joiz boʻlsa – tahsinga sazovordir. Yillar oshgan mazkur asar har gal oʻquvchini qaysidir jihati bilan sergaklantiradi. Davrning jirkanch muhiti, amalparastlik, turmush ikirchikirlari va nihoyat goʻzal muhabbat tavsiflariga boy ushbu asarning bugungi kungacha ardoqda ekanligi tasoddif emas, albatta…

9.Turkiston qayg‘usi – Alixonto‘ra Sog‘uniy

Alixonto‘ra Shokirxonto‘ra o‘g‘li Sog‘uniy Turkistonning atoqli olimi va adibi, ulkan davlat arbobi va sarkardasi, Sharqiy Turkiston islom jumhuriyatining birinchi prezidenti va marshali edi. U milodiy 1885-yili Turkiston o‘lkasining To‘qmoq shahrida tug‘ilgan. Yaxshi bilim olgan Alixonto‘ra ulug‘ olim va siyosiy arbob bo‘lib yetishdi. 1976-yil 29-fevralda Toshkentda vafot etgan. Olimning “Turkiston qayg‘usi” tarixiy-publisistik asari yetti yil mobaynida yozilgan. Unda Sog‘uniy o‘z hayot yo‘lida guvoh bo‘lgan ko‘plab voqealarga donishmand nazari bilan baho beradi, millat, yurt va din qayg‘usidagi o‘tli dardlarini to‘kib soladi.

10.Turkiy Guliston yoxud axloq – Abdulla Avloniy

Abdulla Avloniy merosining shoh asari sanalgan “Turkiy guliston yoxud axloq” asari bo‘lib, unda inson uchun muhim bo‘lgan jamiki axloq-odob me’yorlari, ta’lim–tarbiya masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu asar ikki guruhga ajratilib, “yaxshi xulqlar” deb nomlagan qismiga 33 maqolat, “yomon xulqlar” qismiga esa 21 ta maqolat jamlangan.

11.Kelinlar daftariga – Tohir Malik

Fayzli ahil oila «baxt saroyi» deb ta’riflanadi. Nikoh o‘qilganda shu saroy poydevoriga ilk g‘isht qo‘yiladi. Mazkur saroyni er va xotinning o‘zlari barpo etishlari kerak.
Yuragida shirin orzu-umidlar bilan kelinlik sarposida kuyov xonadoniga qadam qo‘yayotgan qiz o‘zi uchun sirli tuyulgan yangi xonadonning tartib-qoidalari, intizomlarini o‘zlashtirib oladi. Agar u insoniylik fazilatlari, ayol, ona bo‘lishdek mas’uliyatli vazifalar, oilani mustaxkamlovchi asoslar haqidagi tushunchalarga ega bo‘lsa, unday kelin eng baxtli ayolga aylanadi.
O‘zbekistan xalq yozuvchisi Tohir Malik «Kelinlar daftariga» risolasida ana shu dolzarb mavzuda suhbat yuritadi. «Odamiylik mulki»ga ilova tarzida yuzaga kelgan ushbu axloq risolasi kelinlarga murojaat sifatida yozilgan bo‘lsa-da, unda kuyov, qaynota, qaynonalar e’tiborini tortuvchi masalalar haqida atroflicha fikr yuritilgan. Muallif unda kitobxonlarni hasad, qarg‘ish, mazax kabi illatlardan ogoh etib, sabr, qanoat kabi fazilatlarga erishishga undaydi.

12.Otamdan qolgan dalalar – Tog‘ay Murod

«Otamdan qolgan dalalar»- ramziy roman.

Muallif o‘z romanida sobiq sho‘rolar zamonida yashab, butun umri dalada ketmon chopib, serquyosh yurtida yelkasi oftob ko‘rmagan, qut-barakot yurtida kosasi oqarmagan munis o‘zbek xalqi siymosini Dehqonqul timsolida badiiy talqin etadi

Oʻzbek adabiyotshunoslarining tahlilicha Togʻay Murodning ilk romani „Otamdan qolgan dalalar“ oʻzbek milliy adabiyoti tarixida muhim hodisa boʻlgan. Asarni yozishga kirishar ekan, yozuvchi oʻzini, oʻzining hayot haqidagi bilim, tasavvurlarini qayta tanqidiy taftishdan oʻtkazadi. Shu paytga qadar amal qilgan ijodiy aqidalariga sodiq qolgan holda qishloq hayoti, oddiy odamlar turmushini oʻzgacha nigoh bilan anglash yoʻlini tutadi.

Mustabid tuzum sharoitida oddiy zahmatkash mehnat ahli ayni oʻsha noyob fazilatlari — toʻgʻrisoʻzligi, mehnatkashligi, halolligi, odob-andishasi tufayli xor boʻlayotganligini adib chuqur alam-iztirob, nadomatlar bilan tasvirlaydi. Asarda ijtimoiy ruh — pafos keng koʻlam kasb etadi. Roman markazida Dehqonqul taqdiri turadi. Asar voqealari hayoti, taqdir-qismati, ruhiy dunyosi, ona-yer, kindik qoni toʻkilgan muqaddas tuproq bilan mustahkam bogʻliq, oʻzbekning ramzi degulik mehnatkash inson — bosh qahramon Dehqonqul tilidan soʻzlab beriladi.

13.Saodat sohili (qissa) – Xayriddin Sulton

Boburning tushlari… Tahlikali uzun kechalarda, beorom tunlarda qandoq sirli, ilohiy tushlar koʻrgan ekan bu ulugʻ zot? Va karomatli, moʻjizakor bu tushlar qandoq taʼbir, roʻyob topgan ekan? Mumtoz adibimiz Abdulla Qodiriyning «Moziyga qaytib ish koʻrish xayrli deydilar», degan hikmatli oʻgiti yodingizda boʻlsa kerak. Qissa muallifi ham bu safar sizni olis va yaqin tariximiz sari sayohatga chorlamoqchi. Mutolaa davomida siz Hofiz Koʻykiy va Zahiriddin Muhammad Bobur singari mashhur ajdodlarimiz siymosi bilan uchrashasiz, xayolan ular kezgan moziy soʻqmoqlaridan bosib oʻtgandek boʻlasiz.

14.Yuz yillik qotillik (qissa) – Xurshid Do‘stmuhammad

Endigina universitetni tugatib, tergovchi-izkuvar sifatida ish boshlagan Temurga nihoyatda murakkab – roppa-rosa 100 yil muqaddam 103 bergan qotillik fojiasini o‘rganish vazifasi topshiriladi. Davr qanday edi? Qotillar kimlar? Fojiona o‘lim topgan maqtul, yaʼni kallasi tanidan judo etilgan ulug‘ zot qanday inson edi?.. Yosh tergovchi-izkuvar berilgan muhim va g‘oyatda qaltis topshiriqni ado etish uchun ishni nimadan boshlamog‘i kerak? U o‘sha tarixiy qotillikka doir barcha-barcha maʼlumotlarni sinchkovlik bilan to‘plashga, o‘rganishga kirishadi va tabiiy, shu asnoda o‘zi ham inson va shaxs sifatida o‘zgara boradi.

15.Shoirning to‘yi – Erkin A’zam

Qissa voqealari zamon va makon jihatdan ikki davr va hududga mansub bo‘lib, har ikkalasida ham Otashqalb shoir siymosi yetakchi. Bular: 1) o‘tgan asrning 30-yillari va 1956 yildan keyingi davri; 2) qahramonning o‘z vatani O‘zbekiston va uzoq Sibirdagi hayot lavhalari. Har ikkala sathdagi voqealar o‘zaro mantiqan bog‘lanib, kompozision struktural yaxlitlikni shakllantiradi.

16.Urush odamlari (qissa) – Nazar Eshonqul

17.Quduq (qissa) – G‘afur Shermuhammad

Yozuvchi Gʻafur Shermuhammadning “Quduq” qissasida toʻgʻrilik, halollik, lafz, oriyat, hamiyat, mehnatsevarlik kabi chin insoniy fazilatlar haqida hikoya qilinadi. Bu qissada quduq shunchaki suv olinadigan joy emas. Bu inson qalbining oʻziga xos prototipidir. Siz quduqdan chanqogʻingizni qondirishingiz, yuvinish uchun foydalanishingiz mumkin. Undagi suv boshqacha, baʻzan qorongʻi va loyqa. Lekin hamma insonlar toza, shaffof suvni kutmoqda. Qissa muallifining oʻzi ham qishloqda ulgʻaygan, bolaligida quduqlar qanday qazilganini tomosha qilgan, hayotning yangi manbasini topish ilinjidagi jarayonni kuzatgan. “Men suv qidirishni eslatuvchi insoniy munosabatlarni koʻrdim. Har kimning qalbida tozalovchi, hayot baxsh etuvchi oʻziga xos quduq boʻlishi kerak”, – degan edi yozuvchi oʻz asari haqida.

18.Abu Rayhon Beruniy – Isajon Sulton

Ushbu kitob so‘zboshisining muallifi, AQSHning Shimoliy Karolina universiteti professori, xalqaro Nobel mukofoti laureati Aziz Sanjar taʼkidlaganidek, «Abu Rayhon Beruniy yer yuzining diametrini bugungi o‘lchovlarga yakin bir tarzda hisoblagan va geodeziya ilmiga asos solgan, trigonometriyaning astronomiyadan ajratilishi kerakligini ilgari surgan va trigonometrik funksiyalarni hisoblagan, Nyutondan

avval yerning tortish kuchidan xabar bergan, Galileydan oldin yerning shar shaklida ekanligini aniqlagan, hayoti mobaynida geometriya, trigonometriya, geodeziya, mineralogiya, tibbiyot va tarixga oid 150 dan

ortik asar yozib qoldirga buyuk turkiy mutafakkirdir».

19.Yulduzli tunlar – Pirimqul Qodirov

Mahoratli yozuvchi Pirimqul Qodirovning ushbu asari o‘zbek adabiyotining eng sara tarixiy romanlari sirasiga kiradi. Unda Movarounnahrdek ulkan saltanatning parchalanib ketishi, Temuriylar sulolasining inqirozi, hokimiyatga erishish ilinjida taxt talashib, bir-birlariga qilich ko‘targan og‘a-ini, tog‘a-jiyanlarning fojiaviy qismati aks ettirilgan.

Через события романа читатель узнает о крайне беспомощном состоянии народа, полностью опустошенного притеснениями кровожадных нищих из-за конфликтов между Тимуридами, кровопролитных войн, вызванных заговорами, коррупцией и жестокими кровопролитие и то, как легко Шайбани-хан уничтожил невежественных в организации Тимуридов.

20.Ulug‘bek xazinasi – Odil Yoqubov

“Ulugʻbek xazinasi” romani ikki qismdan iborat. Birinchi qismda buyuk oʻzbek olimi Mirzo Ulugʻbek hayotining eng fojiali onlari tasvirlangan. Ikkinchi qismda esa ulugʻ olimning ilmiy merosini asrab qolish uchun uning shogirdlari olib borgan mardonovor kurash hikoya qilingan. Asar muallif tomonidan qayta ishlanib, Ulug‘bekning umri so‘ngida musharraf bo‘lgan sevgisi, sohibqiron bobosi Amir Temur haqidagi xotiralari va boshqa ba’zi bir lavhalar bilan to‘ldirilgan. Audiokitob MTRK studiyasi tomonidan tayyorlangan

21.Qiyomat (roman) – Chingiz Aytmatov

Bu so‘z butun og‘rig‘i bilan ongimizga ta’sir ko‘rsatadi. Mazkur kitobning ahamiyati xususida gap ketganda, asarning “Qiyomat” deb nomlanishida bir emas, bir nechta asos borligini ta’kidlash kerak. Chunonchi, Akbara bilan Toshchaynar timsolida bir juft bo‘ri va uning zurriyotlari qismatining fojeiy yakuni; ummatlariga baxt ato etish uchun kurashgan, alaloqibat aynan o‘sha baxt ulashmoqchi bo‘lganlar tomonidan rad etilgan hazrati Isoning chormixga tortilishi; o‘zlarini jamiyatning oldi kishilari deb bilgan, aslida esa ma’nan nopok kishilarga qarshi so‘z aytgani uchun Mo‘yinqum dashtida daraxtga chormix qilib tortilgan Avdiy Kallistratovning fojiali o‘limi; Ola Mo‘ngu tog‘idagi tubsiz jarlikka oti bilan tushib ketgan va hatto kafansiz qolgan Ernazarning qismati; qo‘rquv va tahlikaning zo‘ridan Kenjashni olib qochayotgan Akbarani otaman deb aslida o‘z jigarporasining bag‘rini o‘q bilan ilma-teshik qilib yuborgan Bo‘ston O‘rkunchiyev taqdiri – bularning bari kitobxon qalbini larzaga solmay qo‘ymaydi.

22.Halokat – R.Tagor

23.Abadiyat qonuni (roman) – Nodar Dumbadze

Roman qahramoni yozuvchi Bachana Ramishvili yurak xurujidan soʻng kasalxonaga tushadi. Kasalxonada u butun hayotini birma bir eslaydi va abadiyat qonunini kashf etadi.

Romanda insonning hayotdagi oʻrni, undan talab etiladigan fidoyilik, halollik, vijdonlilik, adolatparvarlik xususiyatlari toʻgʻrisida keng mushohada yuritilgan. Adibning aksariyat asarlaridagi voqea, hodisalar insonlar taqdiri oʻzining oʻtkir dramatizmi bilan birga samimiy yumori bilan ham oʻquvchi yodida uzoq saqlanib qoladi. Ushbu asarda ham voqealar keskin rivojlanadi. Bosh qahramon Bachana Ramishvili haqiqiy maʼnodagi sodda va samimiy yozuvchi obrazida tasvirlangan. U taʼmagirlarni va poraxoʻrlarni yomon koʻradi. Asarda mehr-oqibat, muhabbat, nafrat, shodlik, hayo va or-nomus tushunchalari uygʻunlashtirilgan.

24.Farengeyt bo‘yicha 451 – Rey Bredberi

Kitoblar taqiqlangan yaqin kelajakdagi xayoliy Amerika jamiyati haqida hikoya qiluvchi ushbu asar bosh qahramoni Gay Monteg – oʻt oʻchiruvchi. Nomi oʻt oʻchiruvchi, ammo kitoblarni ular topilgan uylar bilan qoʻshib yoqish uning aʼmolidir. Ammo kuni kelib, u oʻz kasbining toʻgʻriligiga shubhalanib qoldi va asta-sekin fikrlashni istayotganini sezdi, ana shundan boshlangan isyon ortidan u oʻzi yashab turgan jamiyatdagi tutumni, tartibotni savol ostiga ola boshladi. Alaloqibat u oʻzi kabi insonlardan iborat yashirin guruhga qoʻshildi.

25.“Jadidlar” kitoblari to‘plami -U.Dolimov, B.Karimov, X.Boltaboyev, D.Quronov, S.Xolboyev, O.Oltinbek, Z.Abdirashidov, O.Usmonov

«Jadidlar» — jadidlar haqidagi sakkiz jildli kitoblar toʻplami. Sakkiz nafar jadidchi hayoti va ijodiga bagʻishlangan risolalarni turli muallif yozgan: Olim Usmonov Gʻulom Zafariy, Dilmurod Quronov Abdulhamid Choʻlpon, Ulugʻbek Dolimov Isʼhoqxon Toʻra Ibrat, Hamidulla Boltaboyev Abdurauf Fitrat, Bahodir Karimov Abdulla Qodiriy, Oltinbek Olim Abdulla Avloniy, Sotimjon Xolboyev Munavvarqori qori Abdurashidxonov, Zaynobidin Abdirashidov Mahmudxoʻja Behbudiy haqidagi jildni yozgan.

Домашняя страница
Э-Книги
0
Cart
Моя страница