00 кун 00 соат 00 дақиқа 00 секунд

Сизнинг охирги имкониятингиз! 'Литуз' промокоди билан 30% чегирмадан фойдаланинг!

Лисон ут-тайр – Алишер Навоий

5990 УЗС

Description

Alisher Navoiyning Fariduddin Attorning “Mantiq ut-tayr” asariga javoban yozgan ushbu asari keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallangan bo‘lib, unda shoirning falsafiy dunyoqarashi badiiy lavhalarda keng tasvirlangan, doston zamondosh yoshlarimizning ma’naviy va hissiy kamolotlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, degan umiddamiz.

«Lison ut-tayr» aruzning ramali musaddasi maqsur (foilotun — foilotun — foilon) vaznida yozilgan bo‘lib, 3598 baytdan iborat. Dostondagi bosh g‘oya, bosh muammo tasavvufdagi imon, e’tiqod va ma’naviyat masalalaridir. Alisher Navoiyning niyati oddiy insonlarga insoniylikning ilohiy mohiyatini tushuntirib berish, ularni og‘ir sinovlardan o‘tkazib, komil inson darajasida ko‘rish. Shoir asarda qushlar timsolida tasavvuf yo‘liga kirgan va Allohni ko‘rishga, unga yetishishga astoydil kirishgan xudojo‘y insonlarni tasvirlashga intilgan. Hudhud degan qush nomidan so‘ylangan yuzlarcha hikoyalar tasavvufiy mazmunda bo‘lib, ular hammasi hayotiy, biri biridan qiziqarli. Qushlarning rang-barang timsollari orqali Alisher Navoiy o‘zining tasavvuf ta’limoti bilan bog‘liq g‘oyalarini, Allohning hamma narsaning tashqarisida emas, balki ichida, o‘zida ekanini ko‘rsatish va isbotlashga harakat qiladi. Insonning ulug‘vorligini majoziy uslub bilan, ta’sirli qilib, real ijtimoiy, axloqiy hodisalar ila bog‘lab tasvirlagan. Tasavvufning vaxdat ul-vujud nazariyasi ham shu tarzda o‘zining badiiy in’ikosini topgan. Bu bilan Navoiy tasavvuf g‘oyalarini keng kitobxonlar ommasiga badiiy kurkam va jonli yetkazishda oliy darajada san’atkorlik ko‘rsatgan.

Additional information

Варақлар сони:

110

Reviews

There are no reviews yet.

Be the first to review “Lison ut-tayr – Alisher Navoiy”

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Ўхшаш Китоблар!