Tasnif
Yigirmanchi asr mumtoz adabiyotining eng sevib o’qiladigan jozibali asarlari muallifi sanalmish Stefan Sveygning novella va hikoyalari o’zining betakror va mukammal tasvir uslubi bilan ajralib turadi. Yozuvchining mazkur to’plamdan joy olgan hikoyalaridagi qahramonlar hayotini kuzata turib, asrlar davomida sayqallanib avlodlardan-avlodlarga meros bo’lib kelayotgan chin insoniy qadriyatlar, pokiza tuyg’ular umrning ma’lum bir fasllarida shafqatsiz to’fonli sinovlarga duch kelishi va bu sinovlarda ular aql hamda axloq me’yorlariga tayanibgina o’z muvozanatini saqlab qolishi mumkinligining guvohi bo’lasiz. Hikoyalarni o’qiyotib ayol qalbi deb ataluvchi kutilmagan xissiy to’lqinlar bilan to’lib toshgan tilsimli ummonning tub-tubiga nazar tashlagandek, undagi maftunkor jilvalar sirini anglagandek bo’lasiz.
Fikr-mulohazalar
Baho berilmagan.